Yangiliklar
UFI TIHE Sifat Belgisini Tasdiqladi

Yaqin kunlarda tashkilotchi kompaniya Iteca Exhibitions aprel oyida boʻlib oʻtgan 29-Xalqaro koʻrgazma – TIHE 2025 uchun audit sertifikatini oldi, bu 2025-yil kuzgi koʻrgazmalar mavsumi ochilishi arafasida muhim voqea boʻldi.
UFI (Butunjzhon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi) xalqaro ekspertlari ko‘rgazmaning xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatini yana bir bor tasdiqladi. Mustaqil audit ma'lumotlariga ko'ra, TIHE 2025 ko'rgazmasi 23 mamlakatdan 260 kompaniyani birlashtirdi va tadbirga 37 mamlakatdan 7600 dan ortiq mutaxassislar tashrif buyurdi.
Ko’rgazmaning boshqa ajoyib afzalliklari qatorida - doimiy ishtirokchilarning ulushi 60% tashkil etganligi, va ushbu ko'rsatkich va shuningdek soha idoralari, shu jumladan sanoatni tartibga soluvchi organlarning faol ishtiroki va qo'llab-quvvatlashi platformaga bo’lgan mutlaq ishonchning dalolatidir. Bu natijalar tasodif emas, balki o'ttiz yillik benuqson mehnat namunasidir.

2025-yilda TIHE o‘z maydonini o‘zgartirdi va birinchi marta yangi CAEX Uzbekistan ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tdi. “Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi” shiori ostidagi TIHE va Beauty Uzbekistan ko‘rgazmalarining qo‘shma ekspozitsiyasi doirasida jahon ishlab chiqaruvchilari bir maydonda yig‘ildi. Tashkilotchilar yangi ko'rgazma maydoniga o'tishni inobatga olib, dastlab buni oldinga tashlangan muhim qadam sifatida baholadilar. Dastlabki tashkiliy vazifalar muvaffaqiyatli yengib chiqildi va hudud tanlashning o‘zi strategik ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki aynan shu yerda O‘zbekiston poytaxtining kelajakdagi ishbilarmonlik faoliyati markazi shakllanmoqda. Tashkilotchilar jamoasi ko‘p yillik tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan holda, yagona platformada tibbiy innovatsiyalarning keng ko‘lamli ekspozitsiyasini taqdim etgan ishtirokchilardan maksimal natija olishlari uchun sharoit yaratdi. TIHE ning o'tkazilishi tashkilotchilarning yuqori professionalligi va ko'rgazma bozoridagi yetakchilik mavqeining ishonchli tasdig'i bo'ldi.


Ko‘rgazma yubileyiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Soha idoralari bilan birgalikda texnologik modernizatsiyaga erishish, o‘z ishlab chiqarish bazamizni faol yaratish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan ishbilarmonlik va ilmiy-amaliy dastur, mavzuli tadbirlar shakllantirilmoqda.
Tashkilotchilar uchun ustuvor vazifa TIHEni biznes-maydon sifatida rivojlantirish, Markaziy Osiyodagi tibbiy texnologiyalar bo‘yicha yetakchi markazga aylantirish va ko‘rgazmada yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari mintaqaviy vakillar bilan uchrashish, shartnomalar tuzish va strategik sheriklik shakllantirish uchun noyob imkoniyatlarni yaratishdir.
O‘z biznesini kengaytirish va mintaqaning jadal rivojlanayotgan bozorida o‘z yechimlarini ilgari surishdan manfaatdor kompaniyalar ko‘rgazmada ishtirok etishga, TIHE 2026 ko‘rgazmasining bir qismi bo‘lishga va ushbu platformaning noyob imkoniyatlaridan foydalanishga taklif etiladi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18
Email: tihe@iteca.uz
Ko'rgazma veb-sayti: tihe.uz