30-yubiley Toshkent Xalqaro «Sog’liqni saqlash – TIHE 2026» ko’rgazmasi

28 - 30 aprel 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Tibbiy asbob-uskunalar va bolalarni davolash uchun dori vositalari importi 2026-yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi.

“Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi:

- Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda mamlakatimizga olib kiriladigan yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, reaktivlar, zarur materiallar, dori vositalari va bolalar uchun maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;
— fenilketonuriya bilan kasallangan bolalar uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari.

2023-yil 1-oktabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda markazning 14 ta hududiy filiali tashkil etiladi.

Markazda homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni skriningdan o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali diagnostika va davolash amaliyotlari joriy etiladi, shuningdek, akusherlik-ginekologik, tibbiy-genetik maslahat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Qaror bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish va aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ham tasdiqlandi. Dastur homilador ayollar uchun uy guvohnomasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, 2023-2027 yillarda tug‘ruq o‘rinlari soni 4321 taga yetkaziladi.

https://uznews.uz/posts/67730
PARTNERS