30-yubiley Toshkent Xalqaro «Sog’liqni saqlash – TIHE 2026» ko’rgazmasi

28 - 30 aprel 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Toshkent yetakchi tibbiyot ko`rgazmasiga taklif etadi

"Sog'liqni saqlash – TIHE 2025" 29-Toshkent Xalqaro ko'rgazmasi 2025-yil 15-17-aprel kunlari Toshkentda, CAEx Uzbekistan ko'rgazma majmuasida bo'lib o'tadi.

Tadbir tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

TIHE 2025 ilk marotaba "Go'zallik va salomatlik sinergiyasi" shiori ostida estetik va apparat tibbiyoti va yoshga qarshi parvarishga bag'ishlangan BeautyDerma Central Asia 2025 ko'rgazmasi bilan bir maydonda o'tkaziladi.

TIHE – O'zbekistonning sog'liqni saqlash sohasidagi asosiy ko'rgazma tadbiri bo'lib, yana bir bor yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarni bir maydonda jamlaydi va professionallarga tibbiyotning deyarli barcha tarmoqlari - tibbiyotning turli yo'nalishlari uchun tibbiy texnologiyalar va asbob-uskunalar, laboratoriyalar, farmatsevtika sanoati, stomatologiya amaliyotini jihozlash bo'yicha innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Talabga sazovorligini tasdiqlash sifatida TIHE Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan tadbir maqomiga ega bo'lgan O'zbekistonda yagona tibbiyot ko'rgazmasi hisoblanadi.

TIHE 2025 ko'rgazmasi ekspozitsiyasi ortopediya, travmatologiya, kardiologiya, oftalmologiya, fizioterapiya va boshqa tibbiyot sohalari uchun keng ko'lamli uskunalar va texnologiyalarni namoyish etadi. Ko'rgazma tashrif buyuruvchilari vizual diagnostika tizimlari, nogironlar uchun reabilitatsiya uskunalari, laboratoriya diagnostikasi preparatlari va asboblari, reanimatsiya uskunalari, X-laboratoriyalari, umumiy tibbiy asbob-uskunalar, farmatsevtika sanoati uchun zamonaviy texnologiyalarni baholashlari mumkin.

Bu yil quyidagi 19 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar birlashgan ekspozitsiyada o'z ishtirokini tasdiqladi: Ozarbayjon, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Ukraina, Chexiya.

Milliy pavilyonlarni Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Polsha, Turkiya taqdim etadi/

Ko'rgazma bo'limlari:
- Tibbiy asbob-uskunalar va texnologiyalar
- Farmatsevtika sanoati uchun texnologiyalar; tayyor dori vositalari va tibbiy mahsulotlar
- Laboratoriyalarni jihozlash uchun uskunalar va materiallar
- Estetik tibbiyot
Ko'rgazmaning biznes dasturi doirasida soha mutaxassislari uchun quyidagi mavzular bo'yicha seminarlar, mahorat darslari va anjumanlar o'tkazilishi rejalashtirilgan:
- "Sog'liqni saqlash sohasidagi zamonaviy texnologiyalar"
- "Estetik va qarishga qarshi tibbiyot bo'yicha fokus-sessiya"
Ushbu tadbir tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlarni ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, tibbiy loyihalarni rivojlantirishga qiziqqan investorlar, riteylerlar, distribyutorlar, ulgurji savdo kompaniyalari, sog'liqni saqlash mutaxassislari, klinikalar, dorixona tarmoqlari egalari, go'zallik salonlari, xususiy hunarmandlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Rasmiy ko'mak:
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Sog' liqni saqlash vazirligi
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
  • Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari uyushmasi
  • Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
Tel: + (998 71) 205 18 18
Email: tihe@iteca.uz
Ko'rgazma veb-sayti: tihe.uz
PARTNERS