Yangiliklar
TIHE 2025 salomatlik va go‘zallik standartlarini yangiladi
2025-yilning 15-17-aprel kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekistonning tibbiyot sohasidagi eng yirik ko‘rgazmali tadbiri – “Sog‘liqni saqlash – TIHE 2025” 29-Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi keng miqyosda bo‘lib o‘tdi.TIHE 2025 ko‘rgazmasi bilan bir qatorda birinchi marta “Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi” yagona shiori ostida estetik tibbiyot, anti-age parvarish va go‘zallik sanoatiga bag‘ishlangan “Beauty Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
TIHE 1995-yilda tashkil etilgan Mustaqil O‘zbekistonning birinchi xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida sohada yetakchi o‘rinni egalladi va bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, amaliyotchi shifokorlar va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun zarur bo‘lgan mamlakatimizdagi eng ommabop ko‘rgazma sifatida haqli ravishda shuhrat qozonmoqda. TIHE ning salmoqli roli, shuningdek, O‘zbekistonda Jahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan tadbir maqomiga ega bo‘lgan yagona tibbiy ko‘rgazma ekanligi bilan ham e’tirof etiladi. Bugungi kunda ko‘rgazma eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar namoyish etadi, ilmiy-amaliy seminarlar va taqdimotlar dasturini o’z ichiga qamrab oladi hamda mamlakatimiz tibbiyotining kelajagini belgilashga o’z hissasini qo'shadi.
TIHE va Beauty Uzbekistan 2025 ko‘rgazmalarining qo‘shma ekspozitsiyasi quyidagi 23 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlarni bir maydonda jamladi: AQSh, BAA, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Chexiya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Qozog'iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, O'zbekiston.
Ko‘rgazmada tibbiyot xodimlariga diagnostika, operativ va konservativ davolash hamda reabilitatsiya uchun eng yangi jihozlarning keng assortimenti taqdim etildi: Diagnostika uskunalari (rentgen, UTD, MRT, KT), Laboratoriya uskunalari (qon analizatorlari, mikroskoplar, sentrifugalar), Jarrohlik uskunalari (elektrojarrohlik asboblari, endoskoplar, operatsiya stollari), Terapevtik uskunalar (fizioterapiya asboblari, lazerlar), Hayotni qo'llab-quvvatlash uskunalari (o'pkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatlari, narkoz apparatlari, patsient monitorlari), Reabilitatsiya uskunalari (ortopedik trenajyorlar, ekzoskeletlar) va ko’plab boshqa jihozlar.
“PharmExpo Central Asia 2025” ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi TIHE ning tarkibiy qismi boʻlib, mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Ko‘rgazmada eng oxirgi texnologiya va uskunalar, farmatsevtika ishlab chiqarish uchun xomashyo va butlovchi qismlar, shuningdek, tayyor dori vositalari namoyish etildi. Mahalliy farmatsevtika korxonalariga sohaning so‘nggi tendensiyalari bilan yaqindan tanishish, tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ingredientlarni xarid qilish uchun va dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha xorijiy kontragentlar bilan aloqa o‘rnatish uchun imkoniyatlar yaratildi. Bo'lim ekspozitsiyasida quyidagilar namoyish etildi: Ishlab chiqarish uskunalari (tabletka presslari, kapsulyatorlar, mikserlar), Laboratoriya uskunalari (analizatorlar, xromatograflar, reaktorlar), Qadoqlash uskunalari (blister mashinalar, flakonatorlar), Toza xonalar.
“Stomatologiya – Stomatology Uzbekistan 2025” ixtisoslashtirilgan bo‘limi mutaxassislarga stomatologiya amaliyoti uchun zamonaviy yechimlar – asbob-uskunalar, dori-darmonlar va boshqa ko‘p mahsulotlarni taklif qildi: Diagnostika uskunalari (rentgen, 3D skanerlar), Davolash va jarrohlik (stomatologiya qurilmalari, lazerlar, mikroskoplar), Ortopediya va protezlash (freezer dastgohlari, 3D printerlar), Sterilizatsiya va dezinfeksiya (avtoklavlar, ultratovushli moykalar).
Xorijiy kompaniyalar ulushi 76 foizni tashkil etdi. Top-5 xorijiy ishtirokchilar: Xitoy, Koreya Respublikasi, Turkiya, Germaniya, Polsha. TIHE ko’rgazmasida Koreya Respublikasi, Germaniya va Turkiya milliy pavilyonlari ishtirok etdi. Xitoy kompaniyalari keng namoyish etildi.
Ko‘rgazmada mutaxassislar ilg‘or 3D stomatologik rentgen apparati, tibbiy krovatlar, zambil va kreslolar, ultratovush diagnostikasi, “aqlli” parvarish matraslari, keksalarni parvarishi uchun mo‘ljallangan turli aksessuarlar va mebellar kabi yangi mahsulotlarni ko‘rish va sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalangan holda yuqori sifatli yaralarni parvarish qilish mahsulotlari, gistologiya, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar jarrohligining eng so‘nggi yechimlari, biomexanik innovatsiyalar, biosensor texnologiyalari, yetkazib berish tizimlari, aspiratsiya, diagnostika, stomatologik parvarish va gigiena kabilar namoyish etildi. Shuningdek, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalangan holda yuqori sifatli yaralarni parvarish qilish vositalari, gistologiya, umurtqa pog‘onasi va bo‘g‘imlar jarrohligi uchun eng so‘nggi yechimlar, biomexanik innovatsiyalar, biosensor texnologiyalari, yetkazib berish, aspiratsiya, diagnostika tizimlari, stomatologik parvarish va gigiena visitalari namoyish etildi.
15 va 16 aprel kunlari amaliyotchi mutaxassislar uchun biznes dasturida “Sog‘liqni saqlashdagi zamonaviy texnologiyalar” ilmiy-amaliy seminarlar turkumi va “Estetik va anti-age tibbiyot” fokus-sessiyasi o‘rin oldi. Yetakchi ekspertlar innovatsion texnologiyalar va usullar bilan ishlash bo‘yicha o‘z mahoratlari xaqida ma’ruza qildilar.
Sog‘liqni saqlash va go‘zallik sanoati sohasida yilning eng yirik tadbiri tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari, tibbiy loyihalarni ishlab chiqishga qiziqqan investorlar, ritelerlar, distribyutorlar, ulgurji kompaniyalar, tibbiyot xodimlari, klinikalar, dorixonalar tarmog‘lari egalari, go‘zallik salonlari, xususiy mutaxassislarni e’tiborini jalb etdi.
“TIHE” va “Beauty Uzbekistan 2025” ko‘rgazmalari ekspozitsiyalariga 7200 dan ortiq noyob mutaxassislar tashrif buyurgani ushbu tadbir soha mutaxassislari uchun tajriba almashish, eng so‘nggi uskunalar va texnologiyalar bilan tanishish borasidagi ahamiyati va amaliy foydasini yana bir bor tasdiqladi. Ko‘rgazmaning faxriy mehmonlari qatorida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston stomatologlari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasidagi farmatsevtika kompaniyalari vakolatxonalari assotsiatsiyasi, xorijiy diplomatic missiyalar rahbarlari bo’ldi.
Rasmiy ko’mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi
- Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi
- O'zbekiston stomatologlari uyushmasi
- Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari uyushmasi
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Tashkiliy ko’mak: CAEx Uzbekistan

Bosh media-hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:


“Sog‘liqni saqlash – TIHE 2026” 30-yubiley Toshkent xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun arizalarn qabul qilish boshlandi.
Ishtirok etish bo'yicha ko'rgazma direktori Yuliya Yevstifeevaga murojaat qiling:
+9989 71 205 18 18 tihe@iteca.uz