Yangiliklar
O‘zbekistonda 2026-yilda farmatsevtika sohasida 1 milliard dollarlik yangi loyihalar tayyorlanib, ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, hududlarda yana 1 milliard dollarlik import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.Xususan, Andijonda 30 million dollar qiymatida qon plazmasidan inson albumini ishlab chiqaradigan O‘zbekistondagi birinchi korxonani tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Sirdaryoda ham 188 million dollarlik loyiha ishga tushiriladi, bunda 50 million dollarlik dori vositalarini Afg‘onistonga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Manba